DXX Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlarida turli giyohvandlik va “Regapen” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Narkotik moddalar va dorilarning aksariyati Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan (foto, video).
BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etishda yagona front bo‘lib hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyasini ma’qulladi.
Navoiy, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni davlatlardan olib kirilgan narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.
Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi. Giyohvandlik vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.
DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi o‘zi bilan tarkibida kannabis moyi bo‘lgan 18 ta qadoqda saqich, 2 quti konfet va 10 dona shokoladni olib kirishga urindi. Uning yonidan yana 1,2 gr «marixuana» ham topildi. Gumondor moddalardan davolanishda foydalanishini va bu taqiqlanganini bilmasligini aytdi. Bojxona qo‘mitasi «bilmasligi uni javobgarlikdan ozod etmasligini» qayd etdi.
DXX qariyb 1 kg «opiy» moddasini Buxoroga olib kelib, 2,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik narkokurerni ushladi. Andijonda esa qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan olib kelingan 5,3 kg «gashish» musodara qilindi.
1992−1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 15 tonna 447 kgdan ko‘proq giyohvandlik moddalari, shu jumladan, 1167 kg «gashish» to‘xtatib qolingani aks etgan tarixiy lavhalar e’lon qilindi. Yuklar ortilgan konteynerlar daryo orqali kemalarda olib kelingan.
Toshkentda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi imzolandi. Dasturning budjeti 90 mln dollarni tashkil etadi.
Afg‘onistonda 2021 yilda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu esa 320 tonna sof geroin dunyo bo‘ylab bozorlarga kirishini anglatadi, deyiladi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.
Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb uchdan bir qismga ko‘proq narkotiklar partiyasi yo‘q qilindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting